1

Shifo maslahat: “QIChIMA – QARILIK ALOMATIMI?”

Salomatlik 15.09.2017, 16:23
Shifo maslahat: “QIChIMA – QARILIK ALOMATIMI?”
— Otam 89 yoshda. Shu kunlarda qo`l-oyog`ida qichishish paydo bo`lganidan shikoyat qilayapti. Shifokorlar bu keksalikka xos o`zgarishlardan, deyishdi. Chindan ham shundaymi? Qichimaga qarshi biror chora bormi?

Sanjar Ikromov, Toshkent viloyati

Rustam ZOKIROV, shifokor dermatolog:

— Keksalarda ko`pincha terining quruqlashishi kuzatilib, shuning hisobiga qichishish bezovta qilishi mumkin. Bundan tashqari, allergik holatlar, zamburug`lar, ichki kasalliklar, jigar, buyrak yoki oshqozon ichak faoliyatidagi o`zgarishlar ham terida qichima paydo bo`lishiga sabab bo`lishi tahmin qilinadi. Ammo bemorni tibbiy ko`rikdan o`tkazmay, tashxis qo`yish noto`g`ri. Ayni vaziyatda otangizni dermatolog ko`rigiga olib borishni tavsiya qilaman. Teri holati, bemor shikoyatlari va qo`shimcha tekshiruvlar o`tkazilib, aniqlangan holatlarga ko`ra muolaja belgilanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1