1

Shifo maslahat: “TANAMNING BIR QISMI IShLAMAY QOLDI...”

Salomatlik 15.09.2017, 16:34
Shifo maslahat: “TANAMNING BIR QISMI IShLAMAY QOLDI...”

— Vaqti-vaqti bilan chap qulog`imda shovqin paydo bo`layotgandi. Bir necha kun ilgari chap tarafimda uvishish paydo bo`lib, bir necha soniyaga karaxt holatga tushib qoldim. Bu nimaning alomati bo`lishi mumkin?

Vasila Karimova, Jizzax shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Chap quloqda shovqin, tananing bir qismida yuzaga keladigan vaqtinchalik karaxtlik holati terapevt ko`rigi uchun etarli asosdir. Sizdagi o`zgarishlar nevralgiya, qon bosimining oshishi yoki tomirlarda qon quyilishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Holatingizga aniq tashxis qo`yish uchun bo`yindan boshga boradigan qon tomirlarini ko`rish lozim. Bunda braxiosefal arteriyaning ultratovushli tekshiruvi o`tkaziladi. Tahlil xulosasiga ko`ramuammo aniqlangach, zarur muolaja turi tanlanadi. Garchi tananing bir qismida paydo bo`lgan karaxtlik vaqtinchadek tuyulayotgan bo`lsa-da, albatta, mutaxassis ko`rigidan o`ting.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1