1

Shifo maslahat: “MILK YaLLIG`LANIShI – PILLAMI?”

Salomatlik 15.09.2017, 16:58
Shifo maslahat: “MILK YaLLIG`LANIShI – PILLAMI?”

— Jag` tishim og`rigani bois shifokorga murojaat qildim. Bilsam, muammo tishda emas, balki pilla – milk yiringlashida ekan. Pilla nima sababdan paydo bo`lishi haqida ma`lumot bersangiz?

Sardor Mamajonov, Surxondaryo viloyati

Ulug`bek MAHAMADJONOV, shifokor-stomatlog:

— Tishlarning yallig`lanish kasalligi periodontit va pulpit asoratida jag` tishlarining periostiti yuzaga kelishi mumkin. Jag` tish milkining yallig`lanishi ushbu sohadagi ochiq jarohatlar yoki yumshoq to`qimalarda hosil bo`lgan yara hisobiga ham paydo bo`ladi. Tish suyak pardasining yallig`lanishi qon va limfa tomirlari orqali infeksiya tushishi oqibatida ham boshlanadi. Bezovtalik yuzaga kelganida avvaliga milkda shish paydo bo`lib, og`riq kuzatiladi. Bir necha kun davomida shish kattalashib, og`riq kuchayishi mumkin. Jag` tish milkidagi yallig`lanish odatda ikki xil usul bilan davolaniladi. Biri konservativ, ya`ni dori preparatlari yordamidagi muolaja, ikkinchisi esa jarrohlik amaliyotidir. Jarrohlik amaliyotida milkda kichik kesma hosil qilinib, yiring chiqib ketishi uchun“yo`l” ochiladi. Bordi-yu yallig`lanish jarayoni tishda mavjud bo`lsa, tish olib tashlanadi. Muolajadan so`ng shifokor ko`rsatmasiga muvofiq zarur davo choralarni qo`llash lozim. Shu bilan birga, organizmda yallig`lanish o`choqlariyuzaga kelishiga yo`l qo`ymaslik ham asosiy talablardan biri.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1