1

Shifo maslahat: “BAVOSIRDAN XAVOTIRIM BOR...”

Salomatlik 15.09.2017, 17:22
Shifo maslahat: “BAVOSIRDAN XAVOTIRIM BOR...”

— Birinchi farzandimga homiladorman. Avvaldan qabziyat bilan kurashib kelganim uchun tug`ruq vaqti bavosir paydo bo`lishidan cho`chiyapman. Qabziyatmuammo bo`lmasligi uchun nimani tavsiya etasiz?

Gulrux Sharipova, Toshkent shahri

Nilufar BO`STONOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog:

— Homiladorlik davrida bavosir kamroq uchraydi. Bu asosan tug`ruqdan so`ng kelib chiqadigan kasallik. Haqiqatan ham, bavosirga sabab bo`luvchi omillardan biri qabziyatdir. Ich qotishi homiladorlikda to`g`ri ichak venalarining kengayishiga moyillik yaratadi. Shu bilan birga, bo`lajak ona organizmidagi gormonal o`zgarishlar ham ichaklar faoliyatining sustlashishiga ta`sir etishi mumkin. Qabziyat bo`lmasligi uchun iste`mol qilinadigan mahsulotlarga e`tibor qarating. Karam, qizil sabzi, ko`katlar, lavlagi, bodring, olxo`ri, olma, nok kabi meva va sabzavotlarni kanda qilmang. Me`yorda suyuqlik iching. Quritilgan mevalar (turshak, olcha, olxo`ri)dan tayyorlangan sharbatlar ham ichaklar uchun foydali.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1