1

Tabobat: YuRAKKA QUVVAT BERAMIZ!

Salomatlik 15.09.2017, 19:40
Tabobat: YuRAKKA QUVVAT BERAMIZ!

Yurakning sog`­lom faoliyat yuritishida den­giz mah­su­lotlari aso­siy o`rin tutadi. Ayniqsa, baliqda to`yinmagan omega-3 yog` kis­lotalari mavjud. Go`sht mahsulotlari tarkibidagi to`yingan yog` kislotalaridan ko`ra, to`yinmagan yog` kislotalari organizm uchun foydali.

Chunki bu moddalar yurak tomirlari xastaliklariga chalinish xavfini kamaytiradi. Qon bosimi me`yorda bo`lishini istagan insonlar kundalik taomnomaga albatta birorta yormani kiritgani ma`qul. Zaytun moyi salatlarga qo`shiladigan va eng foydali o`simlik yog`i hisoblanadi. Bu yog` tabiiy antioksidantlarga boy. Shuningdek, uning tarkibida yog`da eruvchi A va E vitaminlari mavjud.

Yana zaytun moyi tarkibidagi yog` kislotalari organizmdagi ortiqcha xolesterinning chiqib ketishiga ko`maklashadi. Bu esa o`z nav­batida ateroskleroz (yog`simon modda (lipoid)lar almashinuvi buzilib, ularning arteriya ichki qavatida to`planishi va biriktiruvchi to`qimaning o`sib ketishi natijasida kelib chiqadigan surunkali kasallik)-ning oldini oladi. Ammo zaytun moyi yuqori kaloriyali bo`lganligi sababli uni bir kunda bir osh qoshiqdan ziyod iste`mol qilmagan ma`qul.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1