AsosiyJamiyat

​QOZOG`ISTON PREZIDENTI NURSULTON NAZARBOEV TOShKENTGA KELDI

'​QOZOG`ISTON PREZIDENTI NURSULTON NAZARBOEV TOShKENTGA KELDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev 16 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kutib oldi, deb yozadi O`zA.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunlari bo`yicha ikki mamlakat Prezidentlarining Qo`shma bayonoti, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi ko`p qirrali do`stona munosabatlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan ko`plab hujjatlar imzolanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar