17 sentyabr kuni “Yoshlar poezdi” Qoraqalpog`istonga jo`nab ketdi.
21 sentyabrga qadar o`tkaziladigan “Yoshlar poezdi” targ`ibot loyihasi davomida Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida qator tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Xususan tadbirlar doirasida ochiq muloqotlar, kitob xayriya aksiyalarini o`tkazish, ijtimoiy himoya masalalarini muhokama qilish ko`zda tutilgan.
Ochiq muloqotlar hududlarda faoliyat yuritayotgan yirik ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig`inining aholisi, ayniqsa, vaqtincha ishsiz bo`lgan uyushmagan yoshlar bilan o`tkaziladi.
Hayriya tadbirlari doirasida chekka-chekka qishloqlardagi ta`lim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va kasalxonalarga kitoblar sovg`a qilinishi ko`zda tutilgan. Mazkur aksiyaga ko`ngilli yoshlar ham o`z hissalarini qo`shishlari mumkin.
Mahallalardagi imkoniyati cheklangan, chin etim, shuningdek, kam ta`minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun O`zbekiston yoshlar ittifoqining maxsus sovg`alari ulashiladi. Shuningdek, tajribali shifokorlarni jalb qilgan holda bepul tibbiy ko`riklar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Targ`ibot a`zolari “Fidoiy yoshlar otryadlari” loyihasi doirasida terimchi yoshlar bilan bir dasturxon atrofida turli uchrashuvlar tashkil etiladi. Ular uchun teatr studiyalari jamoalarining chiqishlari, yosh ijodkorlar va xonandalar ishtirokida madaniy tadbirlar namoyishi ham rejalashtirishgan.






