1

​ Shifo maslahat: “KO`ZIM XIRALAShYaPTI...”

Salomatlik 18.09.2017, 17:33
​  Shifo maslahat: “KO`ZIM XIRALAShYaPTI...”
— Menda qand kasalligi bor. Kundan-kun ko`zim xiralashib boryapti. Eshitishimcha, hozir ko`rish nurini yaxshilash uchun jarrohlik muolajalari ham qilinayotgan ekan. Bunday davo choralari qandli diabet bilan og`riganlarga mumkinmi?

Muyassar Jalilova, Toshkent viloyati

Nodira RASULOVA, shifokor-okulist:

— Qandli diabet bilan og`rigan bemorlarda ko`rish o`tkirligi asta-sekinlik bilan pasayib, ko`z oldida dog`lar sezila boshlaydi. Shu bilan birga, ko`z parda tomirlari, ayniqsa venalarda mayda qon quyilishlari anevrizmlar kulrang-sarg`ish shishlar paydo bo`ladi. Ko`z tubidagi o`zgarishlar diabetik repinopatiya deyiladi. Ko`z tomirlari holatiga baho berish uchun bemor okulist va endokrinolog ko`rigidan o`tishi kerak. Qondagi qand miqdori, peshob tahlili, ko`rish o`tkirligi, ko`z tubining oftalmoskop yordamidagi tekshiruvlari bajarilgach, yakuniy tibbiy xulosaga ko`ra zarur choralar ko`riladi. Hozirgi kundadiabet bilan og`rigan bemorlarda ham ko`z jarrohliklari o`tkazilmoqda. Xususan rivojlanayotgan retinopatiya tashxisida ko`z to`r pardasi lazer koagulyasiya usulida davolanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1