1

​ Shifo maslahat: “BOLANI SUTDAN ChIQARMOQChIMAN”

Salomatlik 18.09.2017, 21:20
​  Shifo maslahat: “BOLANI SUTDAN ChIQARMOQChIMAN”
— Kelinimning 2,5 yosh va 8 oylik go`daklari bor. Ikkisini ham ona suti bilan parvarishlaydi. Rosti, kelindan tashvishdaman. Madori yo`q, holsiz, rangpar bo`lib qolgan. Kattasini sutdan chiqarsa, bo`lar deyapmiz. Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Zarifa Mahmudova, Toshkent shahri

Saltanat TULABOEVA, oliy toifali shifokor-pediatr:

— Aslida 2,5 yosh ko`krak sutidan ajratish mumkin bo`lgan davr hisoblanadi. Keliningizning vaziyatini hisobga olsak, ikkita go`dakni ko`krak suti bilan parvarishlar har ikkisi uchun ham kerakli ozuqani bermasligi mumkin. Qolaversa, ayol organizmi holdan toyib, keyinchalik turli asoratlar kelib chiqish ehtimoli bor. Keliningiz to`ng`ich farzandini sutdan chiqarishi uchun kichigining emizish vaqtini tartibga keltirib olishi darkor. Sutdan ajratishda kunduzgi emizishlar sonini qisqartirib, bolaning e`tiborini turli xil o`yinlarga qaratiish kerak. Agar bola kunduzi emib uxlashga odatlangan bo`lsa, peshin vaqti biror erga ketish lozim. Asta-sekinlik bilan go`dak emmasdan uxlashga ko`nikadi. Bolani turli mashg`ulotlar, o`yinchoqlar bilan ovutish, ko`proq sayr qilish, taomnomasini boyitish ham sutdan ajratishga yordam beradi. Ko`krakka turli xil bo`yoqlar surtish yoki bolani cho`chituvchi usullarga chalg`imang. Bu bola ruhiyatiga keskin ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1