1

Shifo maslahat: “QO`LDA HAM VARIKOZ BO`LADIMI?”

Salomatlik 19.09.2017, 07:52
Shifo maslahat: “QO`LDA HAM VARIKOZ BO`LADIMI?”

— Qo`limning bilak kaft sohasida varikoz bor. Og`ir narsa ko`tarsam, og`riq beradi. Bu dardning davosi bormi? Jarrohlik muolajasini tavsiya etishayapti. Ammo keyinchalik biror asorati bo`lsa-chi, deb ikkilanayapman. Nima maslahat berasiz?

Sanjarbek Yusufjonov, Toshkent shahri

Sunatilla YuLChIEV, sport shifokori:

— Aynan bilak kaft sohasida varikoz dimlanishlarni kuzatmaganman. Savolingiz mazmuniga ko`ra, siz nazarda tutayotgan holat gigromaga o`xshayapti. Gigroma bilak kaft bo`g`imida qaltis harakatlar evaziga kapsulaning yirtilishi va bo`g`imdan chiqqan suyuqlikning mushak ostiga to`planib qolishidir. Diqqat qiling, agar shish uzoq vaqt mobaynida saqlanib turgan bo`lsa, jarrohlik amaliyotiga murojaat qilish lozim. Bordi-yu buning aksi bo`lsa, shishning yuzaga kelganiga ko`p bo`lmagan taqdirda konservativ davo choralarini qo`llash mumkin. Ayni vaziyatda shifokor ko`rigidan o`tishingizni tavsiya qilaman.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1