1

Shifo maslahat: “IChKI BUQOQ XAVFLIMI?”

Salomatlik 19.09.2017, 08:12
Shifo maslahat: “IChKI BUQOQ XAVFLIMI?”

— Buqoq turlari orasida ichki taraflama joylashganini xavfliroq, deyishadi. Chindan ham shu rostmi? Ichki buqoqning qanday asoratlari bo`lishi mumkin?

Nasiba Sattarova, Samarqand shahri

Dilfuza ORTIQOVA, shifokor-endokrinolog:

— Siz aytayotgan holat odamlar orasida zaharli buqoq nomi bilan ham ataladi. Ya`ni, toksik buqoq. Agar tashxis haqiqatan ham shunday bo`lsa,albatta davolash zarur. Ichki buqoq deganda fiziologik holatga ko`ra ichiga o`sgan, to`shning orqasida joylashgan turiga nisbatan aytiladi. Bunda normal holatdan pastroqda joylashgan buqoq traxeyani siqib qo`yishi, organizmda turli asoratlarni paydo qilishi mumkin. Shu bois shifokor tavsiyasi bilan jarrohlik amaliyoti buyuriladi. Sizning vaziyatingizga kelsak, tibbiy tekshiruvlardan o`tib, buqoqning turini aniqlash va shunga ko`ra muolaja qilish darkor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1