Bugun xech qaysi bayramni tabiiy gaz bilan to`ldirilgan pufaklarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Tug`ilgan kun, yangi savdo do`kon va ofisni ochilishi yoki yaxshi kayfiyat uchun – har doim sizning xizmatingizda pufaklarni tanlash imkoniyatingiz talaydir. Barcha bolajonlar havo sharlari hamda ulardan yasalgan o`yinchoqlarni miriqib o`ynaydilar.
Biroq, gaz bilan to`ldirilgan xavo sharlari juda xavflidir. Ayniqsa, xizmat yoki yashash xonalarida bezalgan sharlarga chaqnash mavjud bo`lishi uchun birgina cho`g`ning o`zi etarlidir. Natijada, insonlar jiddiy tan jaroxati olib, bayram fojeaga aylanishi mumkin.
Ushbu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB barchani havo pufaklarini xarid qilishda xushyorlikka chaqirdi.






