20 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Alisher Agzamxo`jaev Toshkentdan Turkiyaga jo`nab ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Alisher Agzamxo`jaev ilgari TIV markaziy apparati MDH mamlakatlari, shu jumladan Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.






