Stadionlar qurilishi «JCh-2014»ga qadar yakunlanmasligi mumkin

Sport 28.11.2013, 12:43
Stadionlar qurilishi «JCh-2014»ga qadar yakunlanmasligi mumkin
Braziliyada 2014 yili bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionatiga qadar sport ob`ektlarini qurib bitkazish ishlari yakunlanmasligi mumkin.

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) stadionlar o`z muddatida topshirilishi kerakligini va yon bosishlar bo`lmasligini bildirdi.

So`nggi muddat sifatida joriy yil oxiri qilib belgilandi, biroq bir nechta maydonlar qurilishi jadvaldan anchagina ortda qolmoqda. Masalan, Kuyabedagi stadion faqat fevralda
yoki martda topshirilishi mumkin. Chekka provinsiyada joylashgan sport maydonida hamon futbol stadioni, tomoshabinlar uchun o`rindiqlar va tom yo`q, deya xabar beradi VVS.
FIFA qoidalariga ko`ra, namunali o`yinlarni o`tkazish kerakligi inobatga olinadigan bo`lsa, Kuyaba uchun juda jiddiy vaziyat yuzaga kelmoqda.

Mamlakat shimolidagi Manaus shahrida esa Pekindagi mashhur “Qush uyasi” stadionini eslatuvchi maydon qurilishi yakunlanyapti. Biroq bu loyiha ham sezilarli darajada jadvaldan ortda qolmoqda. Quruvchilar bu erda kecha-kunduz ishlashga majbur bo`layotir.
FIFA chempionatni o`tkazish uchun sakkizta stadion bo`lishiga ruxsat bergan bo`lsa-da, Braziliya 12 ta futbol maydonini tayyorlashga qaror qildi. Sababi – ushbu ulkan mamlakat aholisining futbol hayotidagi eng asosiy voqeaga bo`lgan katta qiziqishida.

Shu bilan birga,odamlar davlat mablag`larining stadionlarga sarflanayotganidan norozi. Yil davomida mamlakatning bir nechta shaharlarida ko`chalarga chiqqan braziliyaliklar “Jahon chempionati bo`lmaydi” degan so`zlarni takrorlab namoyish o`tkazgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1