AsosiyJamiyat

​2017 YIL OHIRIGAChA QOZOG`ISTON VA O`ZBEKISTON O`RTASIDA AVTOBUS QATNOVI YO`LGA QO`YILADI

'​2017 YIL OHIRIGAChA QOZOG`ISTON VA O`ZBEKISTON O`RTASIDA AVTOBUS QATNOVI YO`LGA QO`YILADI'ning rasmi

Joriy yilning ohirigacha O`zbekiston va Qozog`istonning yirik shaharlari o`rtasida muntazam avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi.

Bu haqda Majilisning yalpi majlisida Qozog`iston Respublikasi investisiya va taraqqiyot vaziri Jenis Kasmbek ma`lum qildi, deya xabar beradi Kazpravda.kz nashri.

Vazirning so`zlariga ko`ra, ayni damda ikki mamlakat o`rtasida yo`lovchilarni tashish bo`yicha avtobus qatnovi yo`q, bu esa chegarani kesib o`tishda noqulayliklar keltirib chiqaradi.

Kasmbek deputatlarga yo`lovchilarni avtomobil transportida tashish bo`yicha muntazam va nomuntazam qatnovning qonuniy me`yorlari o`rnatilgan protokolni taqdim etdi. Vazirning aytishicha, ushbu hujjat savdo-iqtisodiy va ikkitomonlama aloqalarni rivojlantirishda ijobiy turtki sanaladi.

Taqdimotdan so`ng Majilis deputalari bir ovozdan protokolni maqullashdi.

    Boshqa yangiliklar