1

BMT tarmoqda ayg`oqchilikka qarshi rezolyusiyani qabul qildi

Dunyo 28.11.2013, 15:02
BMT tarmoqda ayg`oqchilikka qarshi rezolyusiyani qabul qildi
BMT Bosh assambleyasining inson huquqlari bo`yicha uchinchi qo`mitasi internet foydalanuvchilarini shaxsiy hayotga aralashuvdan, shu jumladan  maxsus xizmatning aralashuvidan ham himoya qilishga chaqirilgan rezolyusiyani bir ovozdan qabul qildi.

“Raqamli asrda shaxsiy hayot dahlsizligiga bo`lgan huquq” nomi ostidagi rezolyusiya loyihasi oktyabr oyi oxirida, AQSh va Avstraliya diplomatik vakolatxonalaridan ayg`oqchilik maqsadlarida foydalanish bilan bog`liq janjaldan keyin, Germaniya va Braziliya hukumatlari tomonidan ko`rib chiqish uchun kiritilgan edi. Rezolyusiya muhokama qilinayotgan bosqichdayoq 55 ta davlat uning asosiy qoidalarini qo`llab-quvvatlashini bildirdi.  

Ushbu rezolyusiya internet foydalanuvchilariga 1966 yildagi Siyosiy va fuqarolik huquqlari xalqaro pakti bilan kafolatlangan shaxsiy hayot va shaxsiy yozishmalarini himoya qilish huquqini taalluqli qilishga chaqirilgan. Mazkur hujjatlarda mualliflar internet orqali foydalanuvchilarning shaxsiy ma`lumotlarini olishga urinayotgan alohida davlatlar va korporasiyalarning xatti-harakatlaridan xavotirda ekanligi bildirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1