AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV AQShDA GRUZIYa BOSh VAZIRI BILAN UChRAShDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV AQShDA GRUZIYa BOSh VAZIRI BILAN UChRAShDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini qabul qildi.

Gruziya O`zbekistonning Kavkaz mintaqasidagi muhim hamkoridir. Mamlakatlarimiz o`rtasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar izchil rivojlanmoqda. Joriy yilning o`tgan 8 oyida o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz oshgan.

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, savdo-sanoat palatalari o`rtasidagi aloqalarni faollashtirish, savdo uylari tashkil etish va qo`shma ko`rgazmalar o`tkazish masalalari muhokama qilindi, deya xabar qiladi O`zA.

O`zbekiston Gruziyaga avtomobillar, to`qimachilik va elektr texnikasi mahsulotlari eksport qilish, Gruziya yo`llari orqali jahon bozoriga chiqishdan manfaatdor. Gruziya mamlakatimizdan meva-sabzavotlar xarid qilishi, vinochilik sohasida qo`shma korxonalar tashkil etishi mumkin.

Xalqlarimiz o`rtasida do`stlik va o`zaro hurmat qaror topgan. O`zbekistonda gruzin millatiga mansub fuqarolarimiz mamlakatimiz hayotida faol ishtirok etmoqda. Bu madaniy-gumanitar aloqalar rivojiga mustahkam asos bo`lmoqda. Joriy yilning may oyida mamlakatimizda Gruziya madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli o`tdi.

Shavkat Mirziyoev va Georgiy Kvirikashvili uchrashuvda o`zaro hamkorlikni barcha yo`nalishlarda yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi, bu mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilishini qayd etdi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalarga ham e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar