Poytaxtimizdagi Do`stlik bog`ida 21 sentyabr – Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi.
Unda do`stlik jamiyatlari, milliy madaniy markazlar rahbarlari, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik korpus vakillari, keng aholi qatlami, yoshlar ishtirok etdi.
BMT tashabbusi bilan harbiy harakatlarga yakun yasash va zo`ravonlikdan voz kechishga bag`ishlangan Xalqaro tinchlik kunida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida «Tinchlik qo`ng`irog`i» chalinishi yaxshi an`anaga aylangan. Poytaxtimizda chalingan tinchlik qo`ng`irog`i mamlakatimizda humron tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, turli millat vakillarining ahilligi, hamjihatligi, ularning tinchlikparvarligi ramzi sifatida bong urdi.






