O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida»gi Farmonini ijro etish uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qaroriga muvofiq Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish Tartibiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Markaziy bankning xabar berishicha, ushbu o`zgartirishlar va qo`shimchalarga ko`ra, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko`rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xo`jaliklariga o`z mablag`larini erkin tasarruf qilishlarini kafolatlash maqsadida, ularning bank hisobvarag`idan chet el valyutasini naqd ko`rinishida olish huquqi berildi.






