AsosiyJamiyat

​“O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI” IKKITA YIRIK ANJUMANGA MEZBONLIK QILMOQDA

'​“O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI” IKKITA YIRIK ANJUMANGA MEZBONLIK QILMOQDA'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati ikkita yirik anjumanga mezbonlik qilmoqda, deya xabar beradi kompaniya axborot xizmati.

Birinchisi, Mustaqil davlatlar xamdo`stligiga a`zo davlatlarning temir yo`l transporti ma`muriyatlarining vakolatli vakillarining trafaret jadvallari almashinuvi va yo`lovchi poezdlar tarkiblari sxemalarini shakllantirish bo`yicha navbatdagi yig`ilishidir. Uch kun davom etadigan xalqaro anjumanda jami 10 ga yaqin davlatlardan delegatlar ishtirok etishmoqda.

Tadbirda “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati bosh menejeri – bosh muhandisi X.Xasilov qatnashdi va nutq so`zladi. Xalqaro anjuman doirasida barcha temir yo`l kompaniyalari yo`lovchi poezdlar qatnovini yanada shakllantirish, yangi yo`nalishlarni ochish, yo`lovchilar oqimini oshirish bo`yicha kelishuvga erishishadi.

Mazkur jarayon har yili o`tkazilib, kelishuv bayoni asosida xalqaro qatnovlar amalga oshiriladi. Jumladan, “O`ztemiryo`lyo`lovchi” aksiyadorlik jamiyati amaldagi 9 ta halqaro yo`nalish trafaretini taqdim etadi va shu bo`yicha hamkorlik olib boradi.

Shu kuni temir yo`l xamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning halqaro temir yo`l tashuvlarida yuk vagonlaridan foydalanish qoidalari bo`yicha kelishuvi doirasidagi yig`ilish ham o`tkazildi. Unda Litva, Rossiya, Qozog`iston, Vengriya, Polsha, Tojikiston, Ukraina, Estoniya va o`zbekistonlik mutaxassislar ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy mavzusi yuk tashishda vagonlardan foydalanish, vagonlarga texnik xizmat ko`rsatishdir. Uch kun davomida mutaxassislar ushbu masalalar muzokaralar olib borishadi. Xalqaro anjuman so`nggida tegishli xujjatlar imzolanadi.

Boshqa yangiliklar