AsosiyJamiyat

​ShHT TAShQI IShLAR VAZIRLARI KENGAShINING NAVBATDAN TAShQARI MAJLISI BO`LIB O`TDI

'​ShHT TAShQI IShLAR VAZIRLARI KENGAShINING NAVBATDAN TAShQARI MAJLISI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

2017 yilning 20 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari majlisi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti.

ShHTning Ostona shahrida bo`lib o`tgan sammitidan keyingi birinchi majlis Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I raisligida o`tkazildi va unda tashqi siyosat idoralari rahbarlari Sushma Svaraj (Hindiston), Havaja Mohamad Asif (Pokiston), Erlan Abdildaev (Qirg`iziston), Qayrat Abdrahmonov (Qozog`iston), Sergey Lavrov (Rossiya), Sirojiddin Aslov (Tojikiston) va Abdulaziz Kamilov (O`zbekiston) ishtirok etdi. Majlis davomida ShHTni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari Hindiston va Pokistonning tashkilotga teng huquqli a`zo sifatida qo`shilishlari nuqtai nazaridan muhokama qilindi va xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar ShHTning BMT va boshqa ko`p tomonlama tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini ham ko`rib chiqdilar.

Majlis yakunlariga ko`ra Kengashning axboroti va tashkilotning joriy faoliyatiga doir masalalar yuzasidan qator qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar