Sentyabr oyining ilk kunlarida O`zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to`lov stavkalarida sotish bo`yicha yangi savdo platformasini ishga tushirgan edi.
Bir necha kun ichida mazkur auksionda o`ndan ortiq chiroyli avtoraqam o`z egasini topdi.
Auksiondagi eng qimmat xarid qilingan avtoraqam 50 773 725 so`mni tashkil qildi. Davlat raqami 01 Z 770 ZA bo`lgan ushbu chiroyli avtoraqamning boshlang`ich bahosi 7 488 750 so`m etib belgilangandi.
Qimmatligi bo`yicha o`z egasini topgan navbatdagi chiroyli avtoraqam (01 Z 701 ZA) 34 822 687 so`mga sotildi (dastlabki baho 7 488 750).
Hozirga qadar auksionda 18 ta avtomobil raqami sotilgan bo`lib, ularning eng arzoni 7 563 637 so`mni tashkil qiladi. Bugunga qadar savdoga mingdan ortiq chiroyli raqam qo`yilgan.






