AsosiyJamiyat

​POYTAXTIMIZDA UZCHARMEXPO HAMDA MAXSUSEXPO – 2017 XALQARO KO`RGAZMALARI BO`LIB O`TDI

'​POYTAXTIMIZDA UZCHARMEXPO HAMDA MAXSUSEXPO – 2017 XALQARO KO`RGAZMALARI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

Poytaxtimizda “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar – UzCharmExpo – 2017” hamda “Maxsus poyabzal va individual himoya vositalari – MaxsusExpo – 2017” xalqaro ko`rgazmalari bo`lib o`tdi.

“O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tomonidan turli vazirlik va idoralar ko`magida tashkil etilgan tadbirda 100 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy kompaniyalarning 3 mingdan ziyod mahsulotlari namunalari, soha uchun zarur asbob-uskunalar, ikkilamchi xomashyolar keng namoyish etildi.

Ko`rgazma doirasida mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning taqdimotlari ham o`tkazildi. Ko`rgazma yurtimiz korxonalarining tarmoqlararo kooperasiyasini rivojlantirish, chet el kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkonini bermoqda.

Ko`rgazma doirasida yangi mahsulotlar taqdimotlari, mahorat darslari, shuningdek, eng yaxshi mahsulotlar tanlovi o`tkazilishi tadbirning yanada samarali kechishiga xizmat qildi.

    Boshqa yangiliklar