21 sentyabr kuni Toshkentdagi Hayat Regency Toshkent mehmonxonasida "O`zbekistonda innovasion yordamchi reproduktiv texnologiyalarni joriy etish istiqbollari va usullari" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
Bugungi kunda reproduktiv salomatlik va bepushtlik muammosi dunyo bo`yicha juda muxim tibbiy hamda jiddiy ijtimoiy-psixologik muammolardan biri bo`lib qolmoqda, — dedi Respublika Ixtisoslashtirilgan "Akusherlik va Ginekologiya" ilmiy-amaliy tibbiyot markazi raxbari Dilbar Najmutdinova — Xalqaro ekspertlarning baholashiga ko`ra, dunyoda reproduktiv yoshdagi juftliklar o`rtasida bepushtlikning tarqalganligi o`rtacha 13-15%ni tashkil etadi. Bepushtlik oilada ijtimoiy va psixologik noqulayliklarga, ixtilofli vaziyatlarga, ajralishlar sonining ortib borishiga olib keladigan omillardan biri hisoblanadi. Befarzandlikdan ozor chekkanlar salbiy xissiyotlar berilishga moil bo`lib, bu umumiy ish faoliyatining pasayishiga olib keladi.
Davra suhbatida Respublika Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Adliya va Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Xotin-kizlar qo`mitasi va boshqa soha vakillari, shuningdek, Germaniya, Ukraina va Qozog`istondan xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi. Mazkur tadbir "MERCK" va "Sona-Farm" kompaniyalari ko`magida o`tkazildi.
D.Najmutdinovaning ta`kidlashicha, mamlakatimizda ham bepushtlik muammosi mavjud. Respublikamiz aholisi 32 milliondan ortiq bo`lsa, ulardan 15.7 million nafari ayollar bo`lib, ularning million nafardan ortig`i reproduktiv yoshdagi ayollardan iborat. O`zbekistonda o`tkazilgan turli tadqiqotlar natijalariga ko`ra, nikoh qurgan ayollardan birlamchi bepushtlik bilan aziyat chekuvchi ayollar 4.9% dan 5.3% gachani tashkil etadi. Bu raqamlar ayollarda bepushtlik muammosi bartaraf etishni talab etadi. Shu bois mazkur davra suhbatida yurtimizda yordamchi reproduktiv texnologiyalar(YoRT) ni rivojlantirishni taqazo etadi.
Tibbiyotga yordamchi reproduktiv texnologiyalarni tatbiq etish ham ayollardagi ham erkaklardagi bepushtlik muammosini muvaffaqqiyatli hal etadi. O`zbekistonda yordamchi reproduktiv texnologiyalarni yo`qligi sabab bepushtlikdan aziyat chekayotganlar muolajalarni boshqa mamlakatlarda o`tkazishga majbur bo`lishmoqda. O`rtacha statistik ma`lumotlarga ko`ra, eru-xotinni chet elda davolanish va yo`l haqqi uchun 3 OOO dan 10 OOO AQSh dollari sarflar ekan.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan xalqaro ekspertlar ishtirokida o`tkazilgan davra suhbatida hozirgi kunda bepushtlikni davolovchi zamonaviy texnologiyalarni yurtimizga tatbiq etishning huquqiy va me`yoriy-huquqiy hujjatini ishlab chiqish bo`yicha taklif va mulohazalar o`rganildi. Shuningdek, Reproduktiv salomatlik borasida global tendensiyalar va texnologiyalarni o`rganish, bu borada xizmat ko`rsatish borasida fikr almashildi.
Davra suhbati davomida mamlakatimizda yordamchi reproduktiv texnologiyalarni tatbik etish bo`yicha me`yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqish, rezolyusiya qabul qilish bo`yicha "Merk", va "Sona-Farm" xalkaro kompaniyalar bilan hamkorlik to`g`risidagi memorandum imzolandi.
Darakchi.uz ma`lumotnomasi: "Merk" xalqaro kompaniyasi butun dunyo bo`ylab bemorlarning manfaati uchun faoliyat olib boradi. Bugungacha butun dunyo bo`ylab 2.5 milliondan ortiq bola "Merk" kompaniyasining innovasion mahsulotlari va texnologiyalari asosida dunyoga kelgan. Kompaniya tibbiyotning turli sohalarida keng tajribaga ega.
Biz o`z tajribalarimizni baholiqudrat hamkorlar bilan baham ko`rishga va bu hamkorligimiz bemorlarning hayotiga quvonch ulashishidan mamnunmiz, — dedi “Merk” Biofarma EMEA xududi buyicha bopsharuv kumitasi a`zosi, doktor Mattias Vernike.
"Sona-Farma" kompaniyasi MDH mamlakatlarida reproduktiv mutaxassislarni bilim darajasini oshirish, etakchi jahon klinikalari mutaxassislari o`rtasida tajriba almashish, yangi texnologiyalarni o`zlashtirish va ularni markazlarda joriy etish borasida ulkan ishlarni amalga oshiradi. Kompaniya ilm-fan va amaliyot sohasida sifat standartlarini saqlash, shuningdek klinikalarni boshqarish va marketing ishlarini olib borishni, nazorat qiladi va bu yo`nalishda maslahat xizmatlarini ko`rsatadi.