017-yilning 21-sentyabr kuni Nyu-York shahrida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT bosh qarorgohida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin bilan uchrashdi, deb xabar beradi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o`z rasmiy saytida.
Muzokaralarda O`zbekiston va IHT o`rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Yusuf bin Ahmad al-Usaymin O`zbekistonning 2016-2017-yillarda IHTga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi muvaffaqiyatli raisligini ta`kidlar ekan, mazkur davr ichida Islom ummasini birlashtirishda muhim ahamiyatga ega g`oyalar ilgari surilgani va amalga oshirilganini qayd etdi.
IHT rahbari Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazini tashkil etishda yordam berishda tayyorligini izhor etdi.