AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONDA XALQARO DARAJADAGI YuRISTLAR MALAKASINI OShIRISh MARKAZI OChILADI

'​O`ZBEKISTONDA XALQARO DARAJADAGI YuRISTLAR MALAKASINI OShIRISh MARKAZI OChILADI'ning rasmi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Nyu-York shahrida (AQSh) o`zbek-amerika biznes-forumi bo`lib o`tdi. Biznes-forum ishida O`zbekiston tomonidan qator davlat organlari, tijorat tashkilotlari va moliya institutlari vakillari ishtirok etishdi. Amerika tomonidan AQSh Davlat departamenti, AQSh Savdo departamenti, yirik kompaniyalar, korporasiyalar va bank muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Biznes-forum davomida Adliya vazirligi AQShning 5 ta eng kuchli yuridik kompaniyasi hisoblangan “White & Case”, “Sidley Austin”, “Hogan Lovells”, “Holwell, Shuster and Goldberg” va “Foley Hoag” hamkorlari bilan alohida uchrashuvlar o`tkazdi. Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan o`zbek-amerika hamkorligi biznes-forumi doirasida mazkur eng kuchli yuridik kompaniyalar va Adliya vazirligi o`rtasida O`zbekistonda yuristlarni malakasini oshirish bo`yicha Memorandumlar imzolandi. Unga ko`ra maxsus markaz ochiladi va uning faoliyati O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qo`llab quvvatlanadi, deb xabar berdi Adliya vazirligi Axborot xizmati.

Imzolangan hujjatlar doirasida xalqaro investisiyalar va tijorat nizolari, advokatlik texnikasi masalalari bo`yicha tajriba almashish treninglarini o`tkazish va yuridik kompaniyalarda vazirlik va idoralar xodimlari uchun amaliyotlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlar vazirlik va idoralar xodimlarining xalqaro huquq va xalqaro arbitraj masalalari bo`yicha bilim va ko`nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar