21 sentyabr kuni kechki soat 23:00da O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqida Kun.uz xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, shoshilinch videoselektor davomida bu yilgi paxta terimi mavsumi masalasi muhokama qilingan. Yig`ilishda paxta-yig`im terimida bo`lgan talabalar, o`qituvchi va tibbiyot xodimlarini dars jarayoni hamda ish faoliyatiga qaytarish masalasi ko`rib chiqilgan.
Hukumat rahbari tomonidan 22 sentyabr kuni soat 17:00ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, o`qituvchilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytarish bo`yicha topshiriq berilgan.
Endilikda fermer xo`jaliklarida etishtirilgan hosilni yig`ib-terib olish uchun aniq belgilangan chora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va "Fidoyi yoshlar otryadlari" jalb qilinadi.