«O`ziga o`ta talabchan, shaxsiy istak va ehtiyojlarini izhor etolmaydigan, dam olish, bo`shashishni bilmaydigan insonlarda artrit nisbatan ko`proq uchraydi». Psixologiya to`g`risidagi asarlari bilan dunyoga mashhur bo`lgan yozuvchi Liz BURBOning «O`z tanangni tingla» kitobida artritning kelib chiqish tarixi shunday ifodalanadi. Albatta, bu kasallikning hissiyotlar bilan bog`liqlik holati. Garchi tibbiyotda artrit bo`g`im kasalligi sifatida ta`riflansa-da, ruhiyatga ta`siri ham yo`q emas. Bu mavzuga maqola davomida yana qaytamiz.
Mutaxassis – shifokor-revmatolog Zebo DONOQULOVA.
Tishlaringiz sog`lommi?
Bo`g`im yallig`lanishi bilan kechadigan artrit revmatologik kasalliklarning eng ko`p uchraydigan turidir. U infeksion (sil, termala) va surunkali kasalliklar (murtak bezlari, o`rta quloq, burun, yondosh bo`shliqlarning yallig`lanishi), bo`g`imlar shikastlanishi, tish kasalliklari (chirigan va kariesga uchragan tishlar) natijasida yuzaga keladi. Bitta bo`g`im yallig`langanida monoartrit, ikki va undan ortig`i poliartrit nomi bilan yuritiladi.
Og`riq, og`riq, og`riq...
Bu aynan artrit uchun hosdir. Bo`g`imdagi yallig`lanish shish, qizarish, tana haroratining ko`tarilishi va og`riq bilan aks etadi. Ayrim kasalliklar tunda yoki bemor tinch holatda bo`lganida xuruj qilsa, artrit vaqt tanlamaydi. Kunduzi boshlangan og`riq kun davomida tinchlik bermay, tunda ham ozor berishi mumkin. Xastalik turi va darajasiga ko`ra, bir paytning o`zida yoki vaqti-vaqti bilan o`zini nomoyon etishi ham ehtimoldan xoli emas. Og`ir yuk ko`targanda zararlangan bo`g`imda og`riq qo`zg`alishi, tez toliqish, harakatning cheklanishi, yallig`langan bo`g`imda suyuqlik yig`ilishi – artrit avj olayotganining belgisidir.
(alohida)
Tibbiyotda artritning bir necha turlari tasniflanadi. Bular reaktiv artrit, revmatoid, yiringli, distrofik (osteartroz), stafilokokkli va podagra asoratidan so`ng kelib chiqadigan ko`rinishlaridir. Bugungi kunda revmatologik kasalliklar bilan murojaat qilayotgan bemorlarning aksariyatida reaktiv artrit kuzatilmoqda.
Kasallik tarixi
Artrit turlarining kelib chiqishi har xil. Masalan, distrofik artrit (osteartroz) – organizmda moddalar almashinuvining buzilishi va bo`g`imlarda tuz yig`ilishi natijasida kelib chiqadi. Og`riq xurujida bo`g`im sohasida achishshish kuzatiladi. Reaktiv artrit esa LOR kasalliklari, ginekologik, urologik va oshqozon ichak tizimidagi yallig`lanish asoratlari hamda TORCh infeksiyasi (80-90% holatlarda) bois yuzaga keladi. Oyoq-qo`l karaxtligiga olib keluvchi revmatoid artrit esa qondagi antitanachalar organizmdagi biriktiruv to`qimalarini zararlantirish oqibatida paydo bo`ladi.
Tahlilga tayyormisiz?
Bo`g`im og`rig`ini deb bir necha kun halovatingiz yo`qmi? «O`tib ketar» qabilida ish tutmang-da, shifokorga ko`rining. Umumiy ahvolingizdan kelib chiqib, travmatolog yoki revmatolog mutaxassislar ko`rigi talab etiladi. Xastalikka tashhis qo`yishda dastlab, yoshingiz, shikoyatlaringiz inobatga olinadi va bo`g`im holati tekshiriladi. So`ng shifokor yo`llanmasi bilan umumiy qon tahlili (qondagi eritrositlarning cho`kish tezligi, leykositlar miqdori) aniqlanadi. Suyak va bo`g`imlarning rentgen tekshiruvi, bo`g`im ichki suyuqligi hamda kompyuter tomografiya tahlili ham o`tkazilishi mumkin.
Bir umrlikmi tashhis?!
Ko`pchilik nazdida artrit bilan og`rigan kishi bir umr davolanib yurishi lozim degan tushuncha bor. Aslida bu qanchalik rost? Mutaxassislar bo`g`imdagi yallig`lanish vaqtida davolanilsa, kasallik qaytalanmasligini aytishadi. Surunkali bo`g`im kasalliklari, ya`ni revmatoid artrit ichki a`zolarning shikastlanishi bilan birga kuzatilgani bois uzoq vaqt shifokor nazoratida davolanish talab etiladi. Reaktiv artritning engil ko`rinishlari dastlabki muolajadan so`ng qaytalanmaydi. Ayrim hollarda revmatologik kasalliklarning bir turidan ikkinchisiga o`tishi kuzatiladi. Lekin mutaxassis nazoratida to`g`ri davolanilsa, hech qanday jiddiy o`zgarishlar bo`lmaydi.
Nasldan o`tadi?!
Revmatologik kasalliklarda nasldan-naslga o`tadigan aniq tashhis mavjud emas. Tizimli xastaliklar, revmatoid artritda oz miqdorda nasliy moyillik kuzatilishi mumkin. Agar oila a`zolaringizdan biri artritning biror turi bilan og`rigan bo`lsa, bu siz ham xastalanasiz degani emas. Asosiy shart, sog`lom turmush tarziga rioya etib, shamollashni oyoqda o`tkazmaslik. Zero, organizmdagi yallig`lanish jarayonlarining aksar qismi oyoqdan zax o`tishi yoki elvizakda qolish oqibatida kelib chiqadi.
Davosi operasiya?
Muolajani boshlashdan avval artrit turi va uni keltirib chiqargan omillar aniqlanadi. Masalan, reaktiv artrit sababchisi LOR kasalliklari bo`lsa, bo`g`imni davolashdan oldin tomoq, burun yoki quloq sohasidagi yallig`lanishlarga e`tibor qaratish kerak. Bordiyu bemor surunkali tonzillit, faringit yoki gaymorit bilan og`risa, har bahor-kuz mavsumida otoloringolog shifokor ko`rigidan o`tishi tavsiya etiladi. Іozirda artritning bir qancha davolash choralari qo`llanilmoqda. Xususan:
- yallig`lanishga qarshi nesteroid preparatlar (tomir ichiga, yonboshga yoki bo`g`im ichiga yuboriladi, shuningdek, surtma ko`rinishdagi turlari ham bor);
- bo`g`im ichiga yuboriladigan yallig`lanishga qarshi gormonal in`eksiyalar;
- mushak siqilishi (spazm)ni engillashtirish uchun miorelaksant preparatlari;
- stress asoratida yuzaga kelgan artritda asosiy muolaja bilan birga antidepressant vositalar ham foydalaniladi;
- tog`ay suyagini yaxshilovchi dorilar, vitaminlar, aminokistolar ham buyurilishi mumkin;
- shikastlangan bo`g`imga zo`riqish tushmasligi uchun maxsus bandaj va ortopedik stelkalarni taqib yurish;
- fiziomuolaja, puls terapiya, shuningdek zararlangan bo`g`im hajmi katta va kasallik avj olib borayotgan holatlarda, chanoq va tizza bo`g`imlarini jarrohlik yordamida davolash, protez qo`yish amaliyotlari bajariladi.
- Tarkibida Omega-3 yog` kislotasi ko`p bo`lgan losos balig`i, muolaja vaqti tez-tez iste`mol qilinsa, bo`g`im yallig`lanishi kamayadi;
- Kunora bir siqim bodom eyilishi, organizni E vitamini bilan rag`batlantiradi. Ushbu vitamin bo`g`im xaltasining tashqi membranasini mustahkamlaydi. Bu esa bo`g`imning erkin radikallardan himoyasidir. Agar bodomga allergiyangiz bo`lsa, kungaboqar pistasi yoki eryong`oq eyishingiz mumkin.
- Іar kuni bitta olma eyishga odatlaning. Bu meva tog`ay uchun foydali.
- Qora loviya. Artrit haqida so`z borganida dukkaklilarning aynan mazkur turi foydali sanaladi. Tarkibida marganes, mineral va ko`p miqdorda antioksidantlar bor.
- Qishin-yozin topish mumkin bo`lgan karam! Bo`g`imlarga kalsiy ulashadi.
- Ajoyib ko`rinishga ega brokkolini tuzsiz suvda qaynatib eyish ham artritga chalingan bemorlar uchun tavsiya etiladi.
Bo`g`imlar uchun taomnoma
Іar qanday kasallikda to`g`ri iste`mol qilingan mahsulotlar g`oyat muhim sanaladi. Tushunganingizdek, artrit bilan og`riganlar quyidagi ro`yhatga diqqat qaratishlari ayni muddao:
STOP!
Artrit muolajasi samarali natijani ko`rsatishi uchun qahva, shokolad, spirtli ichimliklar, tuz, shakar, margarin, sariyog`, qandolatchilik pishiriqlari va fast-fud bilan hayrlashing.
Samira ULUG`BEKOVA tayyorladi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi