1

Braziliyada mushuklarning noma`lum turi kashf etildi

Dunyo 29.11.2013, 12:32
Braziliyada mushuklarning noma`lum turi kashf etildi
Biologlar Braziliyada yashovchi onsilla-mushuklar ikkita har xil biologik tur ekanini aniqladi.

Ushbu kuzatuv olimlarga 21 asrda Amerika hududida kashf etilgan mushuksimonlarning yangi turi haqida e`lon qilish imkonini berdi. 

Onsillalar tuzilishi va rangi bo`yicha kichkina yaguarni eslatadi. Ular oddiy uy mushugidan
biroz yirikroq, katta erkak mushukning og`irligi 3 kg ga yaqin. Kichkina yirtqichlar asosan tunda faol bo`ladi, kunduzi esa daraxt shoxlarida dam oladi. Asosan qushlar va mayda kemiruvchilarni ovlaydi.

Onsillalar yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgani bois olimlarning diqqat-e`tiboriga tushgan edi. Biologlarning so`zlariga ko`ra, yovvoyi mushuklar haqida to`plangan ma`lumotlar ularni himoya qilish bo`yicha tegishli choralarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1