— Ko`pincha ertalab burnim bitib qolganidan nafas olishga qiynalib uyg`onib ketaman. Lekin shamollamaganman. Nega shunday bo`ladi, hayronman. Mazkur holatning sababini tushuntirib berolasizmi?
Akrom Yo`lchiev, Samarqand viloyati
Timur MADAZIMOV, shifokor otolaringolog:
— Agar shamollamagan bo`lsangiz, burun bitib qolishi burun to`sig`ining qiyshiqligi, ya`ni anotomik o`zgarishlar hisobiga yuz berayotgan bo`lishi mumkin. Shu bilan birga, surunkali rinitda ham burun bitishi kuzatiladi. Burun tomchilari (yoki spreylar)dan uzoq vaqt foydalanganda ham burun a`zosida bezovtalik kelib chiqadi. Chunki mazkur preparatlar burun bo`shlig`ini qurutib yuboradi. Ertalab burun bitishi tez-tez sodir bo`layotgan bo`lsa, albatta shifokorga ko`rining. Muammoning sababi aniqlangach, shunga ko`ra davo choralari ko`riladi.