AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “KOKSARTROZ NIMA DEGANI?”

'Shifo maslahat: “KOKSARTROZ NIMA DEGANI?”'ning rasmi

— Tibbiy tekshiruvlarda koksartroz tashxisini qo`yishdi. Shifokor bir qancha dori va vitaminlarni buyurdi. Muolajalarga amal qilsam, sog`ayamanmi?

Rayhona, Qashqadaryo viloyati

Sunnatilla YuLChIEV, sport shifokori:

— Koksartroz bu tos son bo`g`im artrozi bo`lib, asosan o`rta va keksa yoshli kishilarda uchraydi. Kasallik bo`g`im va harakatlanish vaqtida og`riq bo`lishi bilan xarakterlanib, sekin kechuvchixastalik hisoblanadi. Koksartroz jarohatlar, umurtqa pog`onasining potologik qiyshayishlari (kifoz, skolioz), bo`g`imlarni yallig`lanish kasalliklari oqibatida kelib chiqishi mumkin.

Holatiga ko`ra koksartroz bir va ikki taraflama turlarga bo`linadi. Umumiy ahvolingiz va shikoyatlaringizdan kelib chiqib, o`tkazilgan tibbiy tekshiruv xulosasiga ko`ra davolash choralari tayinlangan bo`lishi kerak. Odatda muolaja kasallikning kechish davriga mos tanlanib, dori vositalari yordamida o`tkaziladi. Bo`g`imning butunligi buzilganida esa jarrohlik aralashuviga murojaat etiladi.

    Boshqa yangiliklar