AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “PAPILLOMANI YOD BILAN KUYDIRSA BO`LADIMI?”

'Shifo maslahat: “PAPILLOMANI YOD BILAN KUYDIRSA BO`LADIMI?”'ning rasmi

— Kuragimda mayda xolga o`xshash toshmalar bor. Eshitishimcha, bular papilloma o`smasi deyilarkan. Bir tanishim “o`smaga yod bilan ishlov bersang, kuyib tushadi”, dedi. Chindan ham shunday qilsa bo`ladimi?

Farhod, Sirdaryo viloyati

Rustam ZOKIROV, shifokor dermato-nevrolog:

— Kurakdagi toshma papillomami yoki nevus (xol) aniqlashtirish lozim. Buning uchun shifokorning tibbiy tahlil xulosasi talab etiladi. Hatto toshma papilloma bo`lgan taqdirda ham uni yod bilan kuydirish mumkin emas. Bu vaziyatda yod eritmasi hech qanday naf bermaydi. Aksincha kichik toshma xavfli o`smaga aylanib ketishi mumkin. Sizga maslahatim, dermatolog shifokorga uchrashing. Tibbiy ko`rik va lozim topilsa, zarur tahlillardan so`ng toshma turi aniqlanib, kerakli davo chorasi tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar