AsosiyJamiyat

​BARChA HARBIY AKADEMIK LISEYLARGA «TEMURBEKLAR MAKTABI» NOMI BERILDI

'​BARChA HARBIY AKADEMIK LISEYLARGA «TEMURBEKLAR MAKTABI» NOMI BERILDI'ning rasmi

Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida»gi farmoniga muvofiq, mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik liseylarga «Temurbeklar maktabi» nomi berildi.

23 sentyabr kuni Toshkentdagi «Temurbeklar maktabi»ning taqdimot marosimi bo`lib o`tdi, deb yozadi O`zA.

Tadbirda O`zbekiston xalq artisti T.Mo`minov va boshqalar o`quvchilarni Toshkent harbiy-telekommunikasiya akademik liseyiga «Temurbeklar maktabi» maqomi berilgani bilan qutladi, ularga ushbu buyuk nomga munosib bo`lishni tiladi.

«Temurbeklar maktabi» o`quvchilari safda yurish bo`yicha tayyorgarligini namoyish qildi, armrestling, avtomatni bo`laklarga ajratish va yig`ish, granata uloqtirish, turnikka tortilish, to`siqlar osha yugurish, qo`l jangi, arqon tortish, harbiy estafeta musobaqalarida ishtirok etdi. G`oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar