So`ngi vaqtlarda Toshkent shahar yong`in havfsizligi xodimlari yonayotgan avtoulovlarni o`chirish uchun hodisa joyiga chiqmoqdalar.
Toshkent shahar IIBB buning turli sabablarini keltiridi. Jumladan:
Avtoulovning ichki qismida sigareta chekish oqibatida sodir bo`lgan yong`in. Ko`p hollarda avtoulovlarning texnik nosozligi tufayli yong`in sodir bo`lishi, avtoulovlarga qo`shimcha moslamalar o`rnatish va ulardan noto`g`ri foydalanish oqibatida yonishi, biroq yong`in sodir bo`lishining sababi avtoulovning yangi yoki eski bo`lishi emas, balki uning holati va foydalanilishiga bog`liq.
Eng ko`p avtoulovlarda sodir bo`lgan yong`inlarning sababi elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida yuzaga keladi. Elektr saqlagichlarning katta elektr kuchlanishiga mo`ljallanmagan yoki elektr saqlagichlarning o`rniga qo`lbola ishlangan yasamalar, elektr simlarining kuchlanishi to`g`ri kelmasligi, o`zboshimchalik bilan ta`mirlash oqibatida kuchli moslamalar o`rnatish, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ruxsat etilmagan qo`lbola yasalgan (magnitofon, ovoz kuchaytirgich, signalizasiya, oyna ko`targichlar) o`rnatish uchun sifatli hisobga olish talab etiladi.
Yong`in chiqish sababi ko`p holatlarda nosoz elektr jixozlari va shikastlangan elektr o`tkazgichlarning qisqa tutashuvi oqibatida haroratning tushib ko`tarilishiga sabab bo`lib, nosoz holatga keladi.
Avtomobilda yong`in sodir bo`lsa nima qilish kerak?
Shuni inobatga olish kerakki 3-5 daqiqada avtoulov butunlay yonib ketadi, shuning uchun kerakli vositalar bilan oldindan ta`minlanishi kerak.
Jumladan:
1. Birlamchi yong`in o`chirish vositasi.
2. Paxta tolasidan qalin to`qilgan qo`lqop-ular kuyishni oldini oladi.
3. Kuchlanish vositalari (akkumulyatorlar) ulagichlarini echish uchun moslamalar.
Sizning harakatingiz:
1. Birinchi o`rinda yong`in xavfsizligiga “101” raqamiga qo`ng`iroq qilish kerak.
2. Agar siz avtoulovda harakatlanib ketayotgan bo`lsangiz, iloji boricha zudlik bilan to`xtash lozim. Sizga to`xtash mumkin emas bo`lgan chiziqlarda xam zudlik bilan to`xtash mumkin.
3. Avtoulovning ichki qismidan old qopqog`ini ochib, olov yoki tutunni ko`rsangiz qopqog`ini oxiriga qadar ochmang shunda yong`in kuchayishini oldini olasiz.
4. Birlamchi yong`in o`chirish vositasi orqali old qopqog`i va sovutgich oralig`iga sepib yong`inni bartaraf etish kerak.
5. Old qopqog`i butunlay ochib yong`inni bartaraf etish kerak. Yana yong`in sodir bo`lmasligi uchun ulagichlarni uzib qo`yish kerak.
Muhimi!
Avtoulovlarda soz holatdagi yong`in o`chirish vositasi bo`lishi lozim. Mazkur vosita faqatgina texnik ko`rikdan o`tish uchun emas, balki etkazilishi mumkin bo`lgan zararni kamaytirish hamda inson xayotini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.






