Nyu-York-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvoz qilishi kerak bo`lgan reys texnik sabablarga ko`ra qoldirildi. Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK xabar berdi.
HY 102 reysi Nyu-York vaqti bilan 25 sentyabr kuni soat 15:00 da parvoz qiladi.
Milliy aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo`lovchilardan uzr so`radi.






