AsosiyJamiyat

​SAMARQANDDA TAShKIL ETILGAN «ELEKTRON POLIKLINIKA»DA Wi-Fi IShGA TUShDI

'​SAMARQANDDA TAShKIL ETILGAN «ELEKTRON POLIKLINIKA»DA Wi-Fi IShGA TUShDI'ning rasmi

Samarqand shahridagi 12-son oilaviy poliklinikada aholini onlayn tarzda elektron ro`yxatga olish tizimi ishga tushirildi.

«Elektron poliklinika» dasturi bemorlarni yagona elektron ro`yxatga olish va internet tarmog`i orqali shifokor qabuliga yozilishda ko`maklashadi. Hozirda poliklinika hududida yashovchi fuqarolarning yagona tibbiy kartasi yaratilmoqda.

Muassasaning kutish zalida o`rnatilgan monitorlar orqali har kim navbati kelganini kuzatib turishi mumkin. “Salomatlik-3” loyihasi asosida ro`yxatxona va shifokorlar xonalari zamonaviy kompyuter tizimlari bilan ta`minlanib, lokal-hisoblash tarmoqlariga ulandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

Endilikda qaysi ixtisoslikdagi shifokor nechanchi xonada qabul qilishi, ish vaqti va qabul kunlari bilan tanishish mumkin. Shifokor qabuli ham telefon orqali, ham uydan chiqmagan holda elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.

- Yangi xizmat turi poliklinika hududida yashovchi aholiga ro`yxatdan o`tib, respublikamizning barcha tibbiyot muassasalarida o`zining kasallik varaqalaridan elektron tarzda foydalanish imkoniyatini beradi, - deydi poliklinika bosh vrachi o`rinbosari E`tibor G`afurova. - Mazkur dastur asosida endilikda fuqarolar poliklinikada faoliyat yuritayotgan shifokorlar qabuliga onlayn tarzda navbat talonini olishlari mumkin.

Yana bir qulaylik, bemor shifokor qabuliga oldindan navbat olmay kelgan bo`lsa, shu erning o`zida elektron tarzda navbatda turadi. Buning uchun har bir tashrif buyuruvchi maxsus o`rnatilgan qurilma orqali o`z tartib raqamini olib, monitorda navbati qachon kelishini kuzatib boradi.

Kutish vaqtini foydali tashkil qilish maqsadida poliklinika hududida wi-fi zona tashkil etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar