27 sentyabr kuni Monakoda bo`lib o`tadigan har yili o`tkaziladigan yaxta-shouda yangi, qiymati 16 mln dollar bo`lgan Porsche kemasining rasmiy taqdimot marosimi bo`lib o`tadi.
Porsche kompaniyasi mazkur yaxta tezlik va shinamlikni sevadiganlar uchun ayni muddao deb hisoblamoqda.
Yaxtaning ko`rinishi metall rangda, unda ochiq oshxona va spa-basseyn mavjud. Porsche GTT 115 yaxtasi o`z ichiga 12 kishini sig`dira oladi.
Yangi kemaning uzunligi 35 metr, dvigatel kuchi 1 650 "ot" kuchiga teng, bu esa tezlikni 39 km/s etishiga yordam beradi.