2017 yilning 25 sentyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Kosim-Jomart Tokaev boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga keldi.
Rasmiy tashrif dasturidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida parlamentlararo hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari bo`yicha uchrashuv va muzokaralar o`tkazish hamda Samarqand shahriga tashrif o`rin olgan.
Qozog`iston delegasiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.






