1

Shifo maslahat: “UMURTQA PROTRUZIYaSI XAVFLIMI?”

Salomatlik 25.09.2017, 19:03
Shifo maslahat: “UMURTQA PROTRUZIYaSI XAVFLIMI?”

— Yaqinda magnit rezonans tomografiya tekshiruvidan o`tdim. Tahlil xulosasiga ko`ra, menga umurtqa churrasi va protruziyasi tashxisi qo`yildi. Aslida ham protruziya nima degani? Xavfli kasallik emasmi?

Umarjon Abdullaev, Andijon viloyati

Rustam MUSAEV oliy toifali shikofor-vertebrolog:

— Protruziya umurtqalar orasida joylashgan diskdagi ostexondroz kasalligi asoratida yuzaga keladigan holatdir. Ostexondrozda umurtqalar orasidagi diskda degenerativ o`zgarishlar sodir bo`ladi. Disk ichidagi bosim kasallik evaziga ortadi. Umurtqalararo disklar ikki xil tarkibdan iborat: fibroz halqa va pulpoz o`zak (yadro). Pulpoz o`zakning siljishi protruziyaga olib kelsa, pulpoz o`zakning fibroz halqasini yirtib chiqishi churraga sabab bo`ladi. Anglaganingizdek, umurtqalararo disk churrasining boshlang`ich jarayoni protruziyadir. Sizga tavsiyam, umurtqa kasalliklari mutaxassisi – vertebrologga murojaat qiling. Tibbiy ko`rikdan so`ng kerakli davo choralari buyuriladi. Asosiy muolaja bilan birgalikda ortopedik rejimga rioya etish, og`ir ko`tarmaslik, shamollash holatlaridan saqlanish, jismoniy tarbiya bilan shug`ullanish, suzish, turnikka osilish, uzoq o`tirmaslik va harakatda bo`lish lozim. Bezovtalik kuzatilganida og`riq xarakteriga ko`ra zarur choralar ko`riladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1