1

Shifo maslahat: “IKKI TOMONLAMA OTIT ASORAT BERMAYDIMI?”

Salomatlik 25.09.2017, 19:17
Shifo maslahat: “IKKI TOMONLAMA OTIT ASORAT BERMAYDIMI?”

— Yoshim 24 da. Menga ikki tomonlama otit tashxisini qo`yishdi. Isitmam yo`q, faqat yutinishga qiynalayapman. Davolovchi shifokor “agar muolajani oxiriga etkazmasang, kasallik asorat berishi mumkin”, dedi. Otitning qanday nojo`ya oqibatlari bo`lishi mumkin?

Anvar Salohiddinov, Toshkent shahri

Timur MADAZIMOV, otorinolaringológ:

— Muolajasi oxiriga etkazilmagan har qanday kasallik asorat berishi mumkin. Xususan, otit ham bundan mustasno emas. Agar sizga otitning o`tkir turi aniqlangan bo`lsa, kasallik yiringli perforativ hiliga aylanishi mumkin. Mastoiditning yuzaga kelishi hamda bosh miyaga asorat berishi ham ehtimoldan xoli emas. Shu bois davolovchi shifokoringiz buyurgan muolajani kanda qilmang. Yutinish vaqti qiyinchilikning kuzatilishi esa ko`pincha angina yoki tonzillitga ishora bo`lib, bunda quloqlarda ham bezovtalik yuzaga keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1