1

Shifo maslahat: “ONAMDA PANKREATIT ANIQLANDI!”

Salomatlik 25.09.2017, 19:25
  Shifo maslahat: “ONAMDA PANKREATIT ANIQLANDI!”

— Keksa yoshli kishilarda pankreatet kasalligining muolajasi qanday kechadi? Qabul qilayotgan dori vositalari aks ta`sir ko`rsatmaydimi, shu haqida batafsil ma`lumot bersangiz?

Mahliyo Otaniyozova, Xiva shahri

Nodira HAMROEVA , terapevt:

— Oshqozon osti bezining yallig`lanishi sabab kelib chiqadigan pankreatit jiddiy kasallikdir. Bunda oshqozon osti bezi ishlab chiqarayotgan, hazm faoliyati uchun zarur bo`lgan fermentlar o`n ikki barmoqli ichakka tushmay qoladi va o`z-o`zini emira boshlaydi. Ferment va zaharli moddalar qonga tushib, boshqa ichki a`zolar faoliyatini ham izdan chiqarishi mumkin. Oshqozon osti bezi qonda qand miqdorining oshib ketmasligi uchun mas`ul bo`lgin insulin gormonini ishlab chiqarishi bilan ham ahamiyatlidir. Pankreatit, o`t pufagiva me`da kasalliklari, uzoq muddat dori vositalarini qabul qilish, oshqozon osti bezining shikastlanishi, noto`g`ri ovqatlanish, qandli diabet asoratida kelib chiqishi mumkin. Asabiylik, kuchli stress, yog`li va qattiq qovurilgan taomlar iste`moliesa xastalik xurujlarini paydo qiladi. Muolaja to`g`ri bajarilishi uchun volidangiz shifokor buyurgan fermentativ dori preparatlarini o`z vaqtida qabul qilishi hamda ovqatlanish tartibiga amal qilishi lozim. Pankreatitdan aziyat chekuvchi bemorlar yog`li va qovurilgan eguliklar hamda tarkibida kofein moddasi bo`lgan ichimliklarni cheklashlari lozim. Kasallik qo`zg`agan paytda gazsiz suv va na`matak sharbati ichib turilishi mumkin. Xuruj engillashgach, oz-ozdan taomlansa bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1