AsosiyJamiyat

​​2021 YIL 1 YaNVARIGAChA BARChA KOMMUNAL XIZMATLAR YaGONA BILLING TIZIMIGA ULANADI

'​​2021 YIL 1 YaNVARIGAChA BARChA KOMMUNAL XIZMATLAR YaGONA BILLING TIZIMIGA ULANADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish to`g`risida qaror imzoladi.

Qarordan maqsad iste`molchilar hisob raqamlaridagi mablag`larning nazorat qilinishi, ko`rsatilayotgan kommunal xizmatlar uchun o`zaro hisob-kitoblarning holati to`g`risidagi ishonchli axborotni shakllantirish va iste`molchilarga taqdim etishning shaffofligini ta`minlashdir.

Quyidagilar Yagona billing tizimining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

ichimlik suv ta`minoti, kanalizasiya, issiqlik, elektr va gaz ta`minoti xizmatlarini (keyingi o`rinlarda kommunal xizmatlar deb ataladi) etkazib beruvchilarning amaldagi tariflarga muvofiq iste`molchilarga hisobni berish va hisob raqamlaridagi mablag`larni nazorat qilish, hisobga o`tkazish va hisobdan chiqarish;

elektron hukumat tizimlari bilan integrasiyalashuv inobatga olingan holda butun respublika bo`yicha kommunal xizmatlar iste`molchilarining yagona reestrini yuritish;

kommunal xizmatlardan foydalanish holatini onlayn rejimida tizimli hamda shaffof monitoringini olib borish va tahlil qilish hamda tegishli hisobotlarni shakllantirish;

iste`molchilarga kommunal xizmatlar ko`rsatishni faollashtirish yoki to`xtatib qo`yish yuzasidan elektr energiyasi, gaz, ichimlik va issiq suvni taqsimlash hamda etkazib berish tarmog`ining yakuniy uskunasini (hisoblagichlarni) boshqarish;

kommunal xizmatlar ko`rsatish sohasida interfaol xizmatlar ko`rsatish, shu jumladan, elektron to`lov tizimlaridan keng foydalanish.

Qarorga ko`ra, 2018 yil 1 avgustgacha Yagona billing tizimi ishlab chiqilib, ishga tushiriladi.

Kommunal xizmatlarni etkazib beruvchilar tizimga bosqichma-bosqich ulanadi:

2019 yilning 1 yanvargacha — elektr va gaz ta`minoti bo`yicha;

2021 yil 1 yanvargacha — ichimlik suv ta`minoti, kanalizasiya va issiqlik ta`minoti.

    Boshqa yangiliklar