1

Shifo maslahat: “GLAUKOMANING DAVOSI TOPILDIMI?”

Salomatlik 27.09.2017, 12:48
Shifo maslahat: “GLAUKOMANING DAVOSI TOPILDIMI?”

— Etmish oltiga kirgan qo`shnim bor, 6-7 yil avval ko`zi ko`rmay qoldi. Shifokorlar unga glaukoma tashxisini qo`yishgan. Glaukomani davolaydigan apparat chiqibdi, deb eshitdim, ko`z nurining tiklanishiga erishish mumkin ekan. Shu haqda batafsil ma`lumot bersangiz.

Zaburjon Rahmonova, Andijon viloyati

Hikmatullo SODIQOV, oftalmolog:

— Glaukomaning ba`zi turlari (ochiq burchakli glaukoma)da bemor ko`z ichki bosimi oshganligini sezmay, shifokorga kech murojaat qiladi. O`z vaqtida kerakli muolajaning bajarilmagani esa ko`ruv nervining qurib qolishi, soddaroq aytganda, ko`rish qobiliyatining yo`qolishiga olib keladi. Afsuski, atrofiya (nerv qurishi)ning davosi yo`q. Bu nafaqat bizda, balki dunyo miqyosida echimi topilmagan muammolardan biridir. Glaukoma erta aniqlansa, ko`rish qobiliyatini saqlab qolish mumkin. Bugunga kelib, dori- darmonlar, lazer nuri yordamidagi amaliyotlar hamda ko`z mikrojarrohlik usullari keng qo`llanilmoqda. Agar qo`shningizning ko`rish qobiliyati yo`qotilgan bo`lsa, ko`zlarini boricha saqlab qolishga erishish zarur. Buning uchun shifokor ko`rigidan o`tish va kerakli davo choralarini qo`llash tavsiya etiladi. Umuman olganda 35 yoshdan oshgan har bir kishi bir yilda bir marta ko`z shifokori qabulida bo`lishi lozim. Bu keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarning oldini olish hamda mavjud o`zgarishlarni vaqtida aniqlash imkonini beradi.

Sharhlar

Меҳмон 02.11.2021, 13:11
Katarakta davosi bormi
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1