1

Shifo maslahat: “SPIRTLI IChIMLIK KO`Z PARDASIGA ZIYoNMI?”

Salomatlik 27.09.2017, 13:14
Shifo maslahat: “SPIRTLI IChIMLIK KO`Z PARDASIGA ZIYoNMI?”

— Turmush o`rtog`im spirtli ichimliklarga ichsa, bosh og`riqlari, oshqozon bezovtaliklaridan tez-tez shikoyat qiladi. Yaqin kunlardan boshlab, ko`z ichining qizarib ketayotganini aytayapti. Eshitishimcha, spirtli ichimliklar ko`z ichki bosimining ortishiga sabab bo`larkan. Surunkali davom etganida ko`z to`r pardasining ko`chishini keltirib chiqaradi deyishdi. Rostmi shu? Bu vaziyatda qanday yo`l tutishni maslahat berasiz?

A. Samarqand shahri

Hikmatullo SODIQOV, oftalmolog:

Ko`rish qobiliyatining sustlashishi, keyinchalik butunlay yo`qolishiga sabab bo`luvchi omillardan biri etil spirtidir. Muntazam spirtli ichimlik iste`mol qilish ko`ruv nervi atrofiyasiga olib keladi. Alkogol mahsulotlari inson bosh miyasining aqliy faollik uchun javobgar qismini zararlab, fikrlash, diqqatni jamlash va tana muvozanatini nazorat qilish kabi jarayonlarni izdan chiqaradi. Spirtli ichimlik ichish jigar, me`da va ichaklar, yurak hamda reproduktiv a`zolar faoliyatiga zarar etkazishini yaxshi bilasiz.Ichimlik qon tomirlariga singgach, eritrositlarning bir-biriga yopishib qolishini keltirib chiqaradi. Bu esa mayda kapillyarning to`lib qolishi va yorilishiga olib keladi. Tiqilma hosil bo`lgan kapillyarda esa bosim ortadi. Alkogol qabul qilgan kishining avvaliga ko`zlari qizaradi, so`ng mayda kapillyarlarning yorilishi yuz beradi. Spirtli ichimlik bosh miyadagi nerv hujayralarini nobud qiladi. Hujayralarning yangilanishi uchun esa organizmga suyuqlik kerak. Ertalabki tashnalikning boisi aynan shundan. Anglaganingizdek, turmush o`rtog`ingizning sog`ligidagi o`zgarishlar spirtli ichimlikning nojo`ya asoratlaridir. Sizga maslahatim, mutaxassis bilan maslahatlashgan holda umr yo`ldoshingizning zararli odati bilan kurashing.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1