Jurnalistlar Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlarini o`rganib, 179 mamlakatda semizlik, alkogol va tamaki iste`moli holatini tahlil qilishdi. Natijada Chexiya dunyoning eng “nosog`lom” mamlakati deb topildi.
Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, Chexiya Respublikasi aholisi boshqa mamlakatlardan ko`ra ko`proq alkogol iste`mol qilishar ekan. Hisob-kitoblarga ko`ra, har bir odam bir yilda 13,7 litr alkogol iste`mol qiladi. Bundan tashqari, chexlar tamaki iste`moli bo`yicha 11-o`rinni egallashdi.
Ikkinchi pog`onadan Rossiya joy oldi, keyin Sloveniya, Belarus, Slovakiya va Vengriya.
Eng sog`lom mamlakat Afg`oniston bo`ldi. Bu erda semizlik darajasi juda past, mamlakatning alkogol saqlash va ichishga ta`qiq qo`ygan qonuni ham ehtimol bu borada katta rol o`ynagan.
Gvineya ikkinchi eng sog`lom mamlakat deb topildi, uning ketidan Niger va Nepal joy oldi.