1

Xitoylik qizchaning qulog`ida momaqaymoq o`sib chiqdi

Dunyo 02.12.2013, 12:17
Xitoylik qizchaning qulog`ida momaqaymoq o`sib chiqdi
Xitoylik shifokorlar bir yarim yoshli qizchaning qulog`ida gullayotgan momaqaymoqni topdi, deb yozadi “The Daily Mail”.

Ichki qon ketishining oldini olish uchun bolaga zudlikbilan jarrohlik operasiyasi o`tkazildi. Nashrning yozishicha, gul qizchaning quloq kanalida bir necha oy davomida o`sgan va 2 sm uzunlikka etgan.

Qizchaning ota-onasi Pekin kasalxonasi shifokorlariga farzandlari oxirgi 4 oy mobaynida quloq og`rig`idan shikoyat qilganini aytadi. Oldiniga ota-ona bunga e`tibor bermagan, keyin qizchaning onasi uning qulog`ida nimanidir ko`rib qoladi. Quloq ichidagi buyumni mustaqil ravishda chiqarib ololmagan ota-ona qizini kasalxonaga olib boradi va u erda aql bovar qilmas “kashfiyot”ning guvohi bo`ladi.

Tibbiyot mutaxassislarining so`zlariga ko`ra, quloq kanalining iliq va nam muhitida momaqaymoq yaxshigina rivojlangan va qizchaga jiddiy jarohat bilan tahdid
solayotgan bo`lgan. “Hatto qon bosimining ozgina ko`tarilishi ham unda ichki qon ketishini keltirib chiqarishi mumkin edi, shu bois zudlik bilan jarrohlik operasiyasini o`tkazishga qaror qilindi”, - deydi shifokorlardan biri.

Gazetaning yozishicha,odam quloqlarida g`alati predmetlar tez-tez topilib turadi. Masalan, shu yil iyul oyida boshidagi tushunarsiz og`riqlardan shikoyat qilgan angliyalik ayol qulog`ida Peruda yuqtirib kelgan etxo`r chuvalchanglar yashayotganini aniqlagan. O`tgan yili esa xitoylik ayol qulog`idagi qichishlar tufayli unda o`rgimchak yashayotganini bilib qoladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1