1

Shifo maslahat: “ORTOPEDIK POYAFZALNING FOYDASI BORMI?”

Salomatlik 29.09.2017, 15:46
Shifo maslahat: “ORTOPEDIK POYAFZALNING FOYDASI BORMI?”

— Qizimga 1,5 yoshidan boshlab ortopedik poyabzal kiydiraman. Yassioyoqlik hisobiga tizzasi ichki tomonga biroz kirgan nazarimda. 4 kurs massaj oldik, ammo o`zgarish bo`lmadi. Maxsus ortopedik poyafzal kiydirib yurishimdan naf bo`larmikan? Ulg`aygach, oyog`i to`g`rilanadimi?

Odina Komilova, Toshkent shahri

Botir KARAEV, shifokor-ortoped:

— Muolaja belgilanishida yassioyoqlikni keltirib chiqargan omil o`rganiladi. Keyinchalik biror asorati bo`lmasligi uchun muolaja davomli tarzda olib borilgani ma`qul. Farzandingiz tizzasining ichki tomonga kirganligi raxit asorati bo`lishi ham mumkin. Sizga maslahatim, fiziomuolaja, oyoqlar uchun gimnastika va ortopedik poyabzaldan foydalanishni to`xtatmang. Natijasi hozir sezilmayotgan bo`lsa-da, bola ulg`aygach, oyoq suyaklari to`g`rilanishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1