1

Shifo maslahat: “HOMILADORMAN. OG`RIQSIZLANTIRUVChI DORI IChOLAMANMI?”

Salomatlik 29.09.2017, 16:10
Shifo maslahat: “HOMILADORMAN. OG`RIQSIZLANTIRUVChI DORI IChOLAMANMI?”

— Ikki oylik homilam bor. Chamasi 15 kun oldin boshimga sanchiq kirdiyu, shu-shu simillagan og`riq o`tib ketmayapti. Birinchi uch oylikda hech qanday dori ichib bo`lmaydi, deyishganiga nima qilishni ham bilmayapman. Og`riqqa qarshi biror chora bormi?

Husnida Mamajonova, Qibray tumani

Kamola ISMOILOVA, akusher-ginekolog:

— Avvalo boshdagi og`riq sababini aniqlash kerak. Ehtimol, bu bolalikda olingan jarohatlar, kalla ichki bosimining ortishi yoki nevrologik o`zgarishlar asoratidir. Ayni paytda vaziyatga to`g`ri baho berish uchun terapevt va nevrolog ko`riklarini tavsiya etaman. Haqiqatan ham homiladorlikning birinchi uch oyligida og`riqsizlantiruvchi dori vositalari taqiqlanadi. Chunki bu turdagi preparatlar homila rivojlanishiga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ko`rik vaqti chindan ham bosh sohasida biror xastalik aniqlansa, shunga ko`ra homiladorlikda qo`llash mumkin bo`lgan preparatlar buyuriladi. Mustaqil tarzda biror muolaja o`tkazish mumkin emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1