AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “DORI IChIShNI ISTAMAYMAN!”

'Shifo maslahat: “DORI IChIShNI ISTAMAYMAN!”'ning rasmi

— Ishchi qon bosimim past. Buning ustiga, shaqiqa (migren) kasalini ham orttirib olganman. Og`riq xurujlariga qarshi dorisiz biror muolajani tavsiya etolasizmi?

Nigora, Sirdaryo viloyati

Oybek PARDABOEV, oliy toifali shifokor-nevrolog:

— Avvalo ishchi qon bosimingizning pastligiga to`xtalsak. Bu holat yashash tarzingiz va kun tartibingizga bog`liq bo`lishi mumkin. Migren xuruji yuzaga kelganida ishchi qon bosimining pastlashi, qon bosimiga bog`liq organizmning moslashuvi deyiladi. Xastalik xurujidaqon bosimi oshadi. Ushbu holatning oldini olish uchun organizm qon bosimini pasaytirishga harakat qiladi. Migrendan himoyalanish uchun yashash tarzi va kun tartibiga qat`iy rioya eting. Bezovtalik kuzatilganida og`riqsizlantiruvchi preparat qabul qilib, qorong`i xonada uxlashga urinib ko`ring. Og`riq boshlanganida har qanday jismoniy faollik to`xtalishi lozim.

    Boshqa yangiliklar