AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “QIZIMNING SOChLARI TO`KILAYaPTI...”

'Shifo maslahat: “QIZIMNING SOChLARI TO`KILAYaPTI...”'ning rasmi
— Soch to`kilishiga qarshi sinalgan usullar bilan tanishtirsangiz. Qizimning sochi to`kilaverib, tashvishga solayapti.

H.YuSUPOV, Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumani

Sherzod MAHMUDOV, shifokor-trixolog:

— Soch to`kilishini to`xtatish uchun avvalo uni keltirib chiqargan sabablar aniqlanishi lozim. Bu holat buqoq kasalligi, vitaminlar etishmasligi hisobiga yoki kimyoviy preparatlarni uzoq muddat qabul qilish asoratida kelib chiqishi mumkin. Maslahatim, soch ildizini mustahkamlash uchun turli choralarni qo`llamay, avval qizingizni tibbiy tekshiruvdan o`tkazing. Aniqlangan muammoga qarab kerakli muolaja usuli tayinlanadi. Davo choralari fiziomuolaja bilan birgalikda olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar